» » Surxondaryoda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Surxondaryoda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda


Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda vafot etgan. Hozirda voqea joyidan yashiringan haydovchi qidirilmqoda, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 27-iyun kuni soat 22:30 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qiziljar mahallasi hududida haydab ketayotib, piyoda O‘rikzor mahallasida yashagan 41 yoshli Rustam Valiyevni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.

Natijada piyoda Rustam Valiyev jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki ‘102’ telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют