» » O‘zbekistonda OAVning serverlarini TAS-IX tarmog‘iga joylashtirish xarajatlari kamaytiriladi

O‘zbekistonda OAVning serverlarini TAS-IX tarmog‘iga joylashtirish xarajatlari kamaytiriladi


O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining internet tarmog‘idan foydalanishi, texnik xizmat ko‘rsatilishi va ulanishi hamda ularning serverlari TAS-IX tarmog‘iga joylashtirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish rejalashtirilmoqda, bu haqda “Gazeta.uz” xabar qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ushbu topshiriq berildi.

TAS-IX — Toshkent internet aylanmasi nuqtasi 2004-yilda O‘zbekistonda xalqaro kanallardan foydalanmagan holda turli tarmoqlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish uchun tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют