» » Superliga. “Navbahor” yangi murabbiy qo‘l ostida irodali g‘alabaga erishdi

Superliga. “Navbahor” yangi murabbiy qo‘l ostida irodali g‘alabaga erishdi


28-iyun, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turida Namanganning “Navbahor” klubi Navoiyning “Qizilqum” jamoasi mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida navoiyliklar hujumchisi Medina Smit hisobni ochgan bo‘lsa, 70 hamda 80-daqiqalarda “Navbahor” klubi a’zosi Aleksandr Kasyan dublga erishdi (1:2).

Shu tariqa “Navbahor” yangi murabbiy qo‘l ostida “Qizilqum” ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor”ni ayni damda Deyan Jurjevich boshqarmoqda. U klubning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘rniga kelgandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Namangan klubi ochkolari sonini 21 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Qizilqum” esa 11 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Superliga

13-tur bahslari

28-iyun, juma

Gol: 1:0 — 27 Medina Smit, 1:1 — 70 Aleksandr Kasyan, 1:2 — 80 Aleksandr Kasyan

“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoyev, Eldor Boymatov, Muhsinjon Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Maqsud Karimov, Medina Smit

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich, Oston O‘runov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Abbosjon G‘ulomov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют