» » Turkiya Raqqani kurdlar bilan birga ozod qilishdan bosh tortmoqda

Turkiya Raqqani kurdlar bilan birga ozod qilishdan bosh tortmoqda


Turkiya Suriyaning Raqqa shahrini IShID terrorchilik tashkilotidan ozod qilish bo‘yicha operatsiyaga unda faqat Suriya mo‘tadil muxolifati qatnashishi va suriyalik kurdlarning ishtirok etmasligi sharti bilan qo‘shiladi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush ma’lum qilgan.

“Raqqa shu shahar aholisiga tegishli. Agar operatsiya xalqaro koalitsiya va mo‘tadil muxolifatning ko‘magi bilan tashkil etisa, Turkiya ham unda qatnashadi. Agar Raqqani ozod qilishga PYD ham jalb etilsa, Turkiya bu operatsiyada ishtirok etmaydi”, — dedi Kurtulmush.

PYD — Suriyadagi kurdlarning Demokratik ittifoq partiyasi bo‘lib, rasmiy Anqara uni faoliyati Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqador terrorchilik tashkiloti, deb hisoblaydi.

Kurtulmushning so‘zlariga ko‘ra, Raqqa aholisining 95 foizini arablar tashkil etadi va uni IShIDdan ozod qilib, uning o‘rniga boshqa terrorchi tashkilotning kirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 23:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют