» » LUKOYL O‘zbekistonda reabilitatsiya markaziga ega maktabgacha ta’lim tashkilotlarini quradi

LUKOYL O‘zbekistonda reabilitatsiya markaziga ega maktabgacha ta’lim tashkilotlarini quradi


Maktabgacha ta’lim vazirligi va LUKOYL 5-iyul kuni O‘zbekistonda bir qator yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatda Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida bir qator yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT)ni qurish ko‘zda tutilgan.

Bitimni imzolash marosimi 6-iyul kuni Nukusdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega birinchi ixtisoslashgan MTTda bo‘lib o‘tdi. Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari Buxoro shahrida (250 o‘rin), Qarshi shahrida (150 o‘rin) va Toshkent viloyatida (150 o‘rin) quriladi.

“LUKOYL kompaniyasi sharofati bilan viloyatlardagi yana 550 nafar bola sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Buxorodagi MTT umumiy turdagitashkilot, boshqa ikkitalar MTT esa — reabilitatsiya markazlariga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqliixtisoslashgan tashkilotlar bo‘ladi. Bu reabilitatsiya markazlari tarbiyalanuvchilardan tashqari har yili sog‘lomlashtirish muolajalariga muhtoj bo‘lgan 5—7 ming bolani qabul qiladi”, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Qarshi shahri va Toshkent viloyatidagi loyihalar uchun Nukusdagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega IMTT prototip bo‘lib xizmat qiladi. Loyihada jismoniy va aqliy rivojlanishi o‘ziga xos bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari birlashtirilgan. Yangi MTTda zamonaviy davolash-fizkultura va fizioterapiya zallari,  uqalash xonalari, sensor xonalari, mayda motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy adaptatsiya, musiqa va art-terapiya xonalari, shuningdek vrachlarning kabinetlari joylashadi.

“O‘zbekistonda ‘Imkon’ reabilitatsiya markaziga ega birinchi ixtisoslashgan MTTning ochilish marosimida biz bunday maktabgacha ta’lim tashkilotlari respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etilishini va’da qilgan edik. Bugun biz LUKOYL bilan bitim imzoladik, u Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalariga erta yordam ko‘rsatish va ularni ijtimoiy-madaniy muhitga kiritish imkonini beradi. Uyda o‘tirib qolmasdan, doim muloqotda bo‘lish, dunyoni bilish, rivojlanish va moslashish imkoniyati–bu to‘laqonli hayot sari qo‘yilgan birinchi qadam demakdir. Bunda bola salomatligida cheklanish bo‘lsada, uning imkoniyatlari cheklanganmagan bo‘lishi darkor”, — dedi loyiha rahbari Shahnoza Mirziyoyeva.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 8) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют