» » Ov va sport qurollari, o‘q-dorilarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish Milliy gvardiya tomonidan litsenziyalanadi

Ov va sport qurollari, o‘q-dorilarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish Milliy gvardiya tomonidan litsenziyalanadi


Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi obyektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidan.

Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.

Ilgari bu faoliyat Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют