» » O‘zbekiston Xitoydan elektr energiyasini tejaydigan 24 ta elektrovoz xarid qiladi

O‘zbekiston Xitoydan elektr energiyasini tejaydigan 24 ta elektrovoz xarid qiladi


Shu kunlarda O‘zbekistonga Xitoyning CNTIC-CRRC DLOCO konsorsiumi delegatsiyasi tashrif buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llar” aksiyadorlik jamiyatining Markaziy apparatida O‘zbekistonning temir yo‘l ma’muriyati boshqaruvining yuk va yo‘lovchi tashish uchun lokomotiv ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati xabar qiladi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, temir yo‘l sohasidagi samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganligiga alohida e’tibor qaratildi. Shu o‘rinda, elektrovozlarning 24 tasiga (shu jumladan, 16 ta yuk va 8 ta yo‘lovchi hamda yuk tashishlarga mo‘ljallangan) shartnomaning imzolanishi ikki davlat aloqalarini kengaytirishdagi yorqin tasdig‘i va yana bir qadam ham desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shartnomani imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi X.Xasilov, shuningdek, Xitoy delegatsiyasi rahbarlari — CNTIC boshqaruvi raisi Lin Chunxay va CRRC Dalian Co. Ltd. boshqaruvi raisi Lin Sunsen ishtirok etdi.

Yangi lokomotivlar “Temir yo‘l samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida, hamda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 586-sonli qaroridan kelib chiqadigan “Lokomotiv parkini yangilash” investitsiya loyihasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida sotib olinadi. Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish muddati — 2019—2020-yillar.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish borasida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda va ushbu masalasiga katta e’tibor qaratilishi temir yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, yuk va yo‘lovchilarni belgilangan joyga yetkazib berish vaqtini qisqartirish, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi.

Yangi lokomotivlar yo‘lovchi va yuklarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, shu jumladan og‘ir yuklarni tog‘ sharoitida tashish imkoniyatiga ega. Ularda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejash bilan birga yonilg‘i iste’molni ham kamaytiradi. Ekologik xavfsizlik bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan mazkur lokomotivlar asinxron tortish elektr dvigatellari bilan jihozlangan. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning lokomotiv parkida mavjud lokomotivlarning 50 foizdan ortig‘i yangilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют