» » Harri Keyn so‘nggi daqiqada maydon markazidan gol urib, “Tottenhem”ga “Yuventus” ustidan g‘alaba keltirdi (video)

Harri Keyn so‘nggi daqiqada maydon markazidan gol urib, “Tottenhem”ga “Yuventus” ustidan g‘alaba keltirdi (video)


Futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 21-iyul, yakshanba kuni Maurisio Pochettino boshliq Londonning “Tottenhem” klubi Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Bellashuvda “keksa sinyora” hujumchilari Gonsalo Iguain (56) hamda Krishtianu Ronaldu (60) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “shporlar” vakillari Erik Lamela (30), Lukas Moura (65) va Harri Keyn (90) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, London klubi “Yuventus” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Xalqaro Chempionlar Kubogi

21-iyul, yakshanba

Gollar: 0:1 – 30 Lamela, 1:1 – 56 Iguain, 2:1 – 60 Ronaldu, 2:2 – 65 Lukas Moura, 2:3 – 90 Keyn

“Yuventus”: Buffon (Shchensni, 46), Rugani (Demiral, 46), De Shilyo, Bonuchchi (de Ligt, 63), Joau Kanselu, Matyuidi (Kastanos, 76), Djan (Rabyo, 46), Pyanich (Muratore, 76), Bernardeski, Manjukich (Iguain, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 63)

“Tottenhem”: Gassaniga, Tanganga (Vertongen, 46), Uoker-Piters (Marsh, 71), Alderveyreld (Foyt, 46), Skipp (Bouden, 90), Georgiu (Uayt, 71), Alli (Sissoko, 46), Lamela (Ndombele, 63), Uinks (Roulz, 63), Perrott (Keyn, 46), Son Hyon Min (Lukas Moura, 46)

Ogohlantirish: Perrott (44)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют