» » Lukashenko amnistiya e’lon qildi. Belarusda 6 ming kishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilmoqda

Lukashenko amnistiya e’lon qildi. Belarusda 6 ming kishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilmoqda


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning nemis-fashist bosqinchilaridan ozod etilganining 75 yilligi munosabati bilan amnistiya haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etgan shaxslar, voyaga yetmaganlar, homiladorlar, 18 yoshgacha bo‘lgan ayollar va yolg‘iz erkaklar, pensionerlar, I va II guruh nogironlari, saraton kasaliga chalinganlar, jangovar harakatlar qatnashchilari jazodan ozod qilinadi.

Ozod etilishi belgilanmagan ayrim toifadagi mahbuslarning jazo muddati qisqartiriladi.

Amnistiya davomida 6 ming kishi (jumladan, qamoqxonalardan 2 ming kishi) jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Amnistiya mamlakatning nemis-fashist bosqinchilaridan ozod etilganining 75 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют