» » Zominda Nexia va “VAZ-21011” to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilar halok bo‘ldi

Zominda Nexia va “VAZ-21011” to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilar halok bo‘ldi


Jizzax viloyatining Zomin tumanida 24-iyul kuni soat 06:10 larda mudhish YTH yuz berdi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 32 yoshli S.X boshqaruvidagi “VAZ-21011” rusumli avtomashinasini “Jizzax—Zomin” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “Gulshan” QFYda yashagan 32 yoshli Sh.T boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etishi oqibatida avtomashinalarda yong‘in kelib chiqib, “VAZ-21011” avtomashinasi to‘liq va “Nexia” avtomashinasi qisman yonib zarar ko‘rgan.

Natijada ikkala haydovchilar jarohat olib voqea joyida vafot etgan va “Nexia” avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchi Sh.T.ning otasi 61 yoshli R.T jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют