» » Amerikada sun’iy ravishda urug‘lantirilgan oq karkidon dunyoga keldi (video)

Amerikada sun’iy ravishda urug‘lantirilgan oq karkidon dunyoga keldi (video)


Afrikada yovvoyi tabiatning yakson qilinishi va brakonyerlar sabab oq karkidonlar populyatsiyasi qisqarib ketmoqda, deb xabar beradi National Geographic.

Shuningdek, juda tajovuzkorona hayot kechiruvchi hayvonlarning o‘zlari ham yashash tarzlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularda ko‘payish ham juda sekin, yangi tug‘ilgan karkidonga esa nafaqat turli kasallik va yirtqichlar, balki yirik nar karkidonlar ham xavf tug‘diradi.

Shimol oq karkidonlari Yer sayyorasida deyarli qolmagan — Sudan laqabli so‘nggi karkidon qarilikdan vafot etganidan keyin ikki donagina karkidon qolgan.

Karkidonlar naslini saqlab qolish maqsadida o‘tgan yili San-Diego hayvonot bog‘idagi yosh urg‘ochi karkidon sun’iy ravishda urug‘lantirilgan edi. 28-iyul kuni Shimoliy Amerikada birinchi karkidon dunyoga keldi.

Shimol karkidonlarining populyatsiyasini qayta tiklash uchun hali juda ko‘p vaqt kerak, biroq yangi tug‘ilgan karkidon ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

San-Diego hayvonot bog‘i karkidonlar populyatsiyasini qayta tiklash dasturida ishtirok etmoqda; bu yerda tabiiy ravishda 14 ta qora karkidon, 99 ta janub oq karkidoni hamda 73 hind karkidoni dunyoga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют