» » Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Osiyo davlatlari adolat va tenglik tamoyillariga tayanishi zarurligini bildirdi

Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Osiyo davlatlari adolat va tenglik tamoyillariga tayanishi zarurligini bildirdi


Dunyo iqtisodiyoti bundan keyin ham globallashuv va erkin savdoni rivojlantirish yo‘lidan borishi lozim. Bu haqda Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli Boaodagi Osiyo iqtisodiy forumida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Osiyo taraqqiyoti dunyo bilan bog‘liq. Shu bilan birga, dunyoning gullab-yashnashini ham Osiyosiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz globallashuvdan ko‘p narsa oldik, biroq bunga katta hissa ham qo‘shdik”, — deya ta’kidladi Chjan Gaoli.

Xitoy bosh vaziri o‘rinbosariga ko‘ra, Osiyo davlatlari birgalikda iqtisodiy globallashuv va jahon savdosini ilgari surish uchun tinch-osoyishta rivojlanish, innovatsion taraqqiyot, rivojlanishning ochiqligi, birgalikda baham ko‘rish hamda adolat va tenglik tamoyillariga tayanishi zarur.

“Biz janubiy davlatlar global iqtisodiyotni rivojlantirishda ishtirok etishiga ko‘mak berishimiz lozim. Shuningdek, e’tiborimizni ayrim mamlakatlarda qashshoqlikka qarshi kurashga qaratishimiz talab etiladi”, — deya xulosa qildi mansabdor. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют