» » Audi Cup. 8 ta gol urilgan o‘yinda “Real” “Fenerbahche”ni bazo‘r yutdi (video)

Audi Cup. 8 ta gol urilgan o‘yinda “Real” “Fenerbahche”ni bazo‘r yutdi (video)


31-iyul, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Audi Cup musobaqasining 3-o‘rni uchun bo‘lib o‘tgan bahsda Madridning “Real” klubi Turkiyaning “Fenerbahche” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuv davomida “Fenerbahche” vakillari Harri Rodrigesh (6), Nabil Dirar (34), O‘zan To‘fan (59) bittadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, madridliklardan Karim Benzema (12, 27, 53), Nacho (62) hamda Mariano Dias (79) raqib darvozasiga gol urdi.

Shu tariqa “Real” “Fenerbahche”ni 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvida “Tottenhem” “Bavariya”ga qarshi maydonga tushadi.

Audi Cup

3-o‘rin uchun bahs

31-iyul, chorshanba

Gollar: 0:1 — 6 Rodrigesh, 1:1 — 12 Benzema, 2:1 — 27 Benzema, 2:2 — 35 Dirar, 3:2 — 53 Benzema, 3:3 — 59 Tufan, 4:3 — 62 Nacho, 5:3 — 80 Mariano

“Real”: Navas (Lunin, 46), Odriosola (Karvaxal, 61), Nacho, Varan (de la Fuente, 46), Marselo (Gutyerres, 61), Kroos (Seoane, 74), Valverde (Kubo, 73), Isko (Modrich, 73), Azar (Vaskes, 46), Vinisius (Rodrigo, 62), Benzema (Mariano, 61)

“Fenerbahche”: Altay, Reyes, Jailson, Murat, Dirar, Alper, O‘zan, Ferdi, Kruze, Rodrigesh, Muriki

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют