» » Papua Yangi Gvineyada bir kasalxonaning 35 nafar bemori vafot etdi

Papua Yangi Gvineyada bir kasalxonaning 35 nafar bemori vafot etdi


Papua Yangi Gvineyaning Goroka shahridagi kasalxonada 35 nafar bemor vafot etdi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birga voqea yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

“Aynan qanday infeksiya odamlar hayotiga zomin bo‘lgani hozircha noma’lum. Bemorlarning kamida 8 nafari oddiy antibiotiklarga chidamli bo‘lgan klebsiyella bakteriyasidan vafot etgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Gubernator Piter Numu kasalxonada zudlik bilan favqulodda holat e’lon qilish kerak deb aytgan.

Papua Yangi Gvineya sog‘liqni saqlash vaziri Elias Kapavorening aytishicha, o‘lim odatda infeksiyani yetarlicha nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi, ammo hozircha vazirlik bu borada hech qanday xulosa chiqara olmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют