» » O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti elchisi tashrif buyurdi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti elchisi tashrif buyurdi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, elchi Jon Makgregor bilan uchrashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, uni jadallashtirish borasida fikrlar almashindi. Uchrashuv davomida Qurolli Kuchlari akademiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti o‘rtasida tadbirlar rejasi imzolandi.

“Ikki yilga mo‘ljallangan ushbu loyiha asosan harbiy ta’limga yo‘nalgan. Belgilangan muddat ichida o‘zbekistonlik kursantlar xorij tajribasi bilan tanishtirilib boriladi. Joriy yilning oktyabr oyida mintaqaviy xavfsizlikka bag‘ishlangan yirik xalqaro anjuman, dekabrda esa kiberxavfsizlik mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazish rejalashtirilgan”, – dedi elchi Jon Makgregor.

Mehmonlar, shuningdek, Qurolli Kuchlari akademiyasi faoliyati, muzeyi bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют