» » Sankt-Peterburgga qo‘nayotgan ikki samolyot chaqmoqqa duch keldi

Sankt-Peterburgga qo‘nayotgan ikki samolyot chaqmoqqa duch keldi


26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgga qo‘nayotgan ikkita yo‘lovchi samolyot chaqmoqqa duch keldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Samara shahridan uchib kelayotgan Boing-737 havo kemasining uchuvchisi qo‘nishdan oldin chaqmoqqa duch kelingani haqida xabar bergan. 15 daqiqadan so‘ng Moskvadan uchib kelayotgan boshqa samolyotning uchuvchisi layner korpusi yaqiniga chaqmoq tushganini ma’lum qilgan.

Uchuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, chaqmoq shu darajada kuchli bo‘lganki, bir necha soniya davomida boshqaruv kabinasini yorug‘lik qoplangan va vaqtincha ko‘rish yomonlashgan.

Ikki holatda ham laynerlar Pulkovo aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.

Parvozdan keyingi texnik ko‘rik vaqtida ikkala laynerning korpusiga chaqmoq natijasida zarar yetgani aniqlangan. Hodisa yuzasidan tahlil olib borilmoqda. Uning natijalariga asoslanib, samolyotlarning keyingi parvozlarga qo‘yilishi yuzasidan qaror qabul qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют