» » Superliga. “Paxtakor” bugun “Buxoro”ni qabul qiladi, “Lokomotiv” esa “Surxon” mehmoni bo‘ladi

Superliga. “Paxtakor” bugun “Buxoro”ni qabul qiladi, “Lokomotiv” esa “Surxon” mehmoni bo‘ladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 16-tur bahslariga 10-avgust, shanba kuni start beriladi.

Termizda “Surxon” jamoasi amaldagi chempion “Lokomotiv”ni qabul qiladi. Surxonliklar birinchi davrdagi 1-5 hisobi uchun “temiryo‘lchilar”dan revansh olishga harakat qilib ko‘radi. Qayd etish joiz, avvalroq “Surxon” O‘zbekiston Kubogida “Lokomotiv”ni mag‘lub etib, chorak finalga chiqqandi.

Samarqandning “Dinamo” klubi esa o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni mehmon qiladi. Samarqandliklar o‘tgan turda “Lokomotiv”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Qo‘qon klubi esa o‘z uyida Jizzaxning “So‘g‘diyona”siga 1:2 hisobida taslim bo‘lgandi.

Ikkala uchrashuv ham 18:00 da boshlanishi belgilangan.

O‘tgan turda “Buxoro” bilan murosa ko‘chasini tanlagan “Navbahor” bu safar o‘z uyida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMKni mehmon qiladi. Qayd etish lozim, OKMK 15-turda “Andijon” bilan 2:2 hisobida durang qayd etgandi. O‘yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

15-turda “Qizilqum” darvozasiga javobsiz beshta gol urgan “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv 20:00 da boshlanadi.

Сoca-Cola Superligasi

16-tur bahslari

10-avgust, shanba

11-avgust, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют