» » Superliga. “Paxtakor” “Buxoro”ni yirik hisobda yengdi, OKMK Namanganda g‘alabaga erishdi

Superliga. “Paxtakor” “Buxoro”ni yirik hisobda yengdi, OKMK Namanganda g‘alabaga erishdi


10-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 16-turidan o‘rin olgan yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Paxtakor” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Toshkentliklar safida Marat Bikmayev va Dragan Cheran ikkitadan golga muallif bo‘lgan bo‘lsa, yana bir to‘pni Igor Sergyev o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Parallel kechgan bahsda “Navbahor” Namanganda OKMKga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.

42-daqiqada Zafar Polvonov olmaliqliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida mezbonlar hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq Aziz Turg‘unboyev penaltidan foydalana olmadi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va Mirjalol Qosimov shogirdlari muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Superliga

16-tur

10-avgust, shanba

Gollar: 1:0 – 6 Igor Sergeyev, 2:0 – 12 Marat Bikmayev, 3:0 – 23 Dragan Cheran, 4:0 – 64 Marat Bikmayev, 5:0 – 67 Dragan Cheran.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Husniddin G‘ofurov, 75), Igor Sergeyev, Yegor Krimes, Marat Bikmayev (Dostonbek Hamdamov, 68), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jayev, Vladimir Kozak (Bobur Asqarov, 81), Farruh Sayfiyev.

“Buxoro”: Rahimjon Davronov, Boburjon Amonov, Sardor Sulaymonov (Vili Isiani, 71), Behruz Shodmonov, Ergash Ismoilov, Jaba Lipartia, Tohir Shamsiddinov (Behruz Sa’dulloyev, 71), Davron Umirov (Salamat Qutiboyev, 23), Milovan Kapor, Fatxullo Fatxulloyev, Artyom Kulesha.

Gol: 0:1 – 42 Zafar Polvonov.

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Aziz Turg‘unboyev – 52.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Shahzod Shaymanov, Ivan Solovyov, Azizbek Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Ilhomjon Alijonov, Amirbek Jo‘raboyev.

OKMK: Suhrobjon Sultonov, Erkin Baydullayev, Dilshod Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, San’at Shixov, Zafar Polvonov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Vladislav Kasminin, Igor Zonich, Jasur Yaxshiboyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют