» » Nyu-Yorkdan kelgan o‘zbekistonlikdan noyob turdagi to‘tiqush olib qo‘yildi

Nyu-Yorkdan kelgan o‘zbekistonlikdan noyob turdagi to‘tiqush olib qo‘yildi


“Toshkent” xalqaro aeroportida 12-avgust kuni Nyu-Yorkdan kelgan O‘zbekiston fuqarosi noyob turdagi to‘tiqushni tegishli ruxsatnomasiz olib kirishga urindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi mabuot xizmati xabar bermoqda.

Undan yovvoyi flora va faunaning yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarning xalqaro savdosi nazorati ostidagi CITES xalqaro konventatsiyaning 2-ilovasiga kiritilgan ko‘k-sariq Ara (Ara ararauna) olib qo‘yilgan.

To‘tiqush egasida esa O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro Konvensiyaga muvofiq eksport va import qilish huquqini beruvchi CITES ruxsatnomasi bo‘lmagan. Shuningdek, to‘tiqushda maxsus halqa ham bo‘lmagan.

Shu sababli to‘tiqushga halqa taqilib, vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Bu ish bo‘yicha barcha materiallar sudga berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют