» » 15 bosh echkisi va molxonasi yongan dehqonobodlikka 20 million so‘m kredit va 40 dona shifer beriladigan bo‘ldi

15 bosh echkisi va molxonasi yongan dehqonobodlikka 20 million so‘m kredit va 40 dona shifer beriladigan bo‘ldi


15 bosh echkisi va molxonasi yongan dehqonobodlik Normurod Ibotovga yordam tariqasida 20 million so‘m kredit va 40 dona shifer beriladigan bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Dehqonobod tuman hokimligi matbuot xizmati xabar beryapti.

Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20-avgust kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Dehqonobod tumanining Boyqo‘rg‘on qishlog‘ida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgangan.

— Viloyat hokimi qabulida bo‘lgan Normurod Ibotov joriy yil iyul oyida 15 bosh echkisi va molxonasi yonib ketganini aytib, hokimdan yordam so‘ragan. Holat haqida xabar topgan Zafar Ro‘ziyev esa fuqaroga yordam berish maqsadida bank rahbarlariga 20 million so‘m chorva krediti berilishida ko‘mak berishlarini tayinlab, viloyat hokimligidan 40 dona shifer yordam qilinishini va’da berdi, — deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati xabarnomasida.

Ma’lum qilinishicha, Normurod Ibotovning 15 bosh echki va molxonasini uning aqli zaif akasi Sh.I. yoqib yuborgan. Aka-uka o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab aqlan zaif Sh.I. ukasiga jahl qilib uning 15 bosh echkisi bo‘lgan molxonasiga o‘t qo‘yib yuboradi. Yong‘in natijasida molxonada turgan somon va beda ham yonadi. Oqibatda 15 bosh echki ham nobud bo‘ladi.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, viloyat hokimining xalq bilan muloqoti davomida yo‘l, ko‘prik, tibbiyot sohasiga doir muammolar tinglanib, “G‘injak” qishlog‘i aholisi uchun 2 km asfalt yo‘l, ko‘prik ta’miri uchun 5 million so‘m mablag‘ va “Nurli kelajak” mahallasi uchun 60 ta simyog‘och beriladigan bo‘ldi.

Choshtepalik tadbirkor Hamdam Mahmudovning bozor egaligi xususidagi muammosi ham hal etilib, “Boyqo‘rg‘on bekligi” rahbariyati egalik qilayotgan bozor hududidagi mol bozorni eski bozor hududiga ko‘chirib, egalik qilish huquqi berildi.

Muloqot so‘ngida ushbu qishloqda yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan I guruh nogironi Nodir Normamatov hamda 66 yoshli Qudrat bobo Do‘sanovga nogironlik aravachasi topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют