» » Sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi


Bu galgi uchrashuv “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari v.v.b A.Nizomov ishtirokida 2019-yilning 17-avgust kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Boyovut tumanlarining tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tdi.

Muloqotlar davomida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va bartaraf etish, ularning bugungi turmush tarzini yaxshilash, Sirdaryo viloyatining barcha tumanlarida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun qulay muhit, infratuzilma, tajriba va imkoniyat yetarli, faqatgina o‘sha imkoniyatlarni to‘la ishga solish, qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam berish lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, ochiq muloqotlar davomida tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada soddalashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar yangi bank xizmatlari (MKB mobayl, mobil bank, onlayn kredit va omonatlar), shuningdek, xorijiy kredit liniyalari to‘g‘risida alohida ma’lumot berildi.

Sayyor uchrashuvda 100 nafardan ortiq kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda 100 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etib, 18 ta kreditlashga oid, 7 ta internet-bank xizmati bilan bog‘liq , 1 ta yer ajratish bo‘yicha masala ko‘tarildi. Tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, aksariyati joyida hal etildi.

O‘tkazilgan sayyor uchrashuvdan so‘ng viloyatdagi bir qator loyihalarga tashrif buyurilib, tadbirkorlarning muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют