» » O‘zbekistonda energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilganlarga xarajatning 30 foizi miqdorida kompensatsiya beriladi

O‘zbekistonda energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilganlarga xarajatning 30 foizi miqdorida kompensatsiya beriladi


Prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatiladi;

nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.

2020-yil 1-yanvardan:

jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun 3 million so‘m;

quyosh suv isitkichlar uchun 1,5 million so‘m;

gaz-gorelkali qurilmalar uchun 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Qaror bilan 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют