» » Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi


Tadbirkor va ishbilarmonlarimizning tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelgan muammolarini bartaraf etish, ularga mutasaddilar tomonidan tezkor amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi O.Almardanov Nukus shahrida Nukus, Xo‘jayli va Chimboy tumanlari, shuningdek, Amudaryo tumanida Amudaryo, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarining tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tadbirkorlarga mamlakatimizda keyingi ikki yarim yil mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning jadal rivojlanishini ta’minlash, sohada byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, investitsiya va bank xizmat turlarini yaxshilash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib, tadbirkorlarga yangi bank xizmatlari, onlayn kreditlar, xorijiy kredit liniyalari, shuningdek, mavjud imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

70 dan ortiq ishbilarmon va tadbirkorlar qatnashgan uchrashuvda 47 nafar tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi, 14 nafar tadbirkorning murojaati uchrashuv davomida o‘z yechimini topdi. 33 ta murojaatga tegishli mas’ullar biriktirilib ijrosini ta’minlash bo‘yicha 10 kunlik muddat belgilandi. Murojaatlar ijrosi shaxsan “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi tomonidan nazoratga olindi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют