» » “Qizim bundan uyalsa-da, lekin yordam so‘rashga majburman” Oqqonga chalingan qizaloq yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj

“Qizim bundan uyalsa-da, lekin yordam so‘rashga majburman” Oqqonga chalingan qizaloq yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj


Adiba Sobirjonova 2004-yilda Qashqadaryo viloyati Nishon  tumanida tug‘ilgan. 7 oydan buyon o‘tkir limfoblastli  leykoz kasalli bilan kurashib kelmoqda.

Onasi Xabiba opaning so‘zlariga ko‘ra, kasallik alomatlari 2018-yil may oylarida yuzaga chiqa boshlagan. Dastavval turli shifoxonalarda bir necha marta tekshiruvlardan o‘tgan, ammo unga aniq tashxis qo‘yishning imkoni bo‘lmagan.

Yanvarda shifokorlar uni Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot markaziga yuborishgan. Shifoxonada unga “o‘tkir limfoblastli  leykoz” (oqqon kasalligining 1-faol davri) tashxisi qo‘yilgan. Yanvar oyidan buyon Adiba poytaxtdagi  Gematologiya markazida davolanib kelmoqda.

Onasining aytishicha, dastlabki birinchi  davolanish kurslari uchun 30 million so‘m atrofida mablag‘ sarflangan bo‘lsa, keyingi 2-kursda dori-darmonga 54 million so‘mdan ortiq xarajat qilingan. Bu mablag‘larning aksarini tanishlari va yaqinlaridan qarz olishga majbur bo‘lgan.

“Kelganimizda ahvoli og‘ir edi. Ko‘p bora kimyoterapiyasini oldi. Uchinchi kurs tugadi. To‘rtinchi kurs kuchli kimyo terapiya muolajalarini olyapti. Ko‘p bora qon quyishdi. Yana asosiy kursdan bitta kursi bor. Bitta kursdan keyin qo‘llab-quvvatlov kurslari boshlanadi.

Hozirgacha ko‘p narsamizni sotib keldik. Katta miqdorda qarzga botdik. Qarindoshlarimizdan, qo‘shnilarimizdan 30 million so‘mdan ortiq qarzimiz mavjud.

Qizim odamlardan bunday maqolalar yozib yordam so‘rashimdan uyalyapti. “Yo‘q, kerakmas, ertaga dugonalarim ustimdan kuladi”,— deb rozi bo‘lmayapti. Lekin uning tuzalib ketishi uchun odamlardan moddiy yordam so‘rashga majburman.

Dorilari juda qimmat. Navbatda turgan kimyo terapiya kurslari muolajalari, dorilari uchun juda katta mablag‘ talab etilarkan. Davolanish kurslarini davom ettirish uchun dori-darmonga imkoniyatimiz yetmay ancha qiynalib qoldik.

Saxovatpesha saxiy insonlardan xolis moddiy yordam berishlarini o‘tinib so‘rayman”,— deydi Adibaning onasi biz bilan suhbatda.

Oila boshlig‘i ayni paytda maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Onasi esa uy bekasi. Shu bois oilaning har oy ijara haqini to‘lashga va Adibaning dori-darmonlarini olishga qo‘li kaltalik qilyapti.

Barcha saxovatpesha yurtdoshlarimizdan Adibaning  sog‘ayib ketishida imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Xabiba Mirzaeva nomiga ochilgan

O‘zbekiston Milliy banki:

8600 0204 8076 0375

Milliy bankning Shayhontoxur filialida  onasi Mirzayeva Xabiba Turayevna nomiga ochilgan rekvizitlari:

MFO: 00878    INN: 202436329

Korxona va tashkilotlardan kelib tushadigan mablag‘lar tranziti:

23120000 400000 878001

Xorijiy davlatlardan mablag‘ yuborib, yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Mirzayeva Xabiba Turayevna

Pasport raqami: AA 1529727

Bemor Adibaning onasi Xabiba opaning telefon raqami:

+998914705363

Telegram: +998914534797



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют