» » 115 million dollar ishlab topgan Beyonse eng boy ayol xonanda deb topildi

115 million dollar ishlab topgan Beyonse eng boy ayol xonanda deb topildi

115 million dollar ishlab topgan Beyonse eng boy ayol xonanda deb topildi

Madonna Amerikaning Forbes jurnali talqini bo‘yicha eng ko‘p pul to‘lanadigan ayol xonanda maqomini qo‘ldan chiqardi. Forbes’ning 4-noyabr kuni e’lon qilingan yangi reytingini Beyonse boshqarmoqda, deb xabar beradi Korrespondent.net.

Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, Beyonse 2013-yil iyun oyidan 2014-yil iyuniga qadar 115 million dollar ishlab topgan. Bu vaqt mobaynida 95 ta konsert dasturi va yangi Beyonce nomli albom savdosi xonandaning asosiy daromad manbaiga aylangan. Bundan tashqari, amerikalik qo‘shiqchi liboslar ishlab chiqaruvchi H&M kompaniyasi va PepsiCo korporatsiyasi reklama roliklarida suratga tushgan.

Umuman olganda, Beyonse bir yil ichida avvalgi yilga nisbatan 2,5 barobardan ko‘proq mablag‘ ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasini 64 million dollar ishlab topgan xonanda Teylor Svift zabt etdi. Sviftga bu mablag‘ni "1989” albomi, shuningdek, xonanda ishtirokidagi Coca-Cola ichimliklari, Keds oyoq kiyimlari va CoverGirl pardoz mahsulotlariga ishlangan reklama roliklari keltirdi.

Eng ko‘p pul to‘lanadigan xonandalar uchligini daromadi 52 million dollarni tashkil qilgan Pink yakunladi. Reytingning kuchli beshligidan Rianna (48 million dollar) va Keti Perri (40 million dollar) o‘rin oldi.

Madonna esa Forbes’ning bu yilgi reytingida qayd etilmadi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (5-11-2014, 19:49)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют