WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » BMT bosh kotibi Ukraina sharqida jangovar harakatlar to‘xtatilganini olqishladi
BMT bosh kotibi Ukraina sharqida jangovar harakatlar to‘xtatilganini olqishladi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukraina sharqida 1-apreldan jangovar harakatlarning to‘xtatilishini olqishladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bosh kotib uch tomonlama kontakt guruhi tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish, Minsk shartnomalariga muvofiq og‘ir qurol-aslahalarni olib chiqib ketish tartiblariga amal qilish bo‘yicha yangi kelishuvni ma’qullaydi. Bu xavfsizlik masalalarini ko‘rib chiqishda siljishga erishishga yordam berishiga umid bildirdi”, — deyiladi xalqaro tashkilot bayonotida.
Antoniu Guterrish mojaro tomonlarini zimmalariga olgan majburiyatlariga “to‘liq rioya etish”ga chaqirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?