» » Navoiy viloyatida bosqinchilik qilib xonadondan 25,5 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida bosqinchilik qilib xonadondan 25,5 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi


Navoiy viloyatida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan uch nafar yigit qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Postda.uz”.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tug‘ilgan 26 yoshli Sh.A. Uchquduq tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

Shu yilning 18-sentabr kuni Shimoliy kon boshqarmasi tog‘ uskunalarini ta’mirlash sexida injener lavozimida ishlaydigan F. E. hamda hech qayerda ishlamaydigan 25 yoshli tanishi F. F. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, tumandagi Geologlar ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biriga bostirib kirgan.

Mavzuga doir: Qarshida puldor odamning uyiga kirgan bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi

O‘sha paytda xonadon egasining 9 yoshli farzandi uyda yolg‘iz o‘zi bo‘lgan. Bosqinchilar bolaning qo‘llarini bog‘lab, uydagi temir seyfda saqlanayotgan 26 million 500 ming so‘m pul va Samsung rusumli uyali telefon apparatini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan navbatchilik qismiga xabar berilgach, jinoyatchilarni qo‘lga olish choralari ko‘rilgan. Olingan tezkor ma’lumotlar hamda ko‘p qavatli uylar oldiga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalaridagi tasvirlar yordamida jinoyat ikki kun ichida fosh etilgan.

Ta’kidlanishicha, bosqinchilik qilgan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Zangiotada 2 nafar bosqinchi tunda bir fuqaroning uyidan 30 mln so‘m o‘g‘irladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
">
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют