» » Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan Isroil Madrimovning (4-0, 4 KO) navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

Madrimov 29-fevral kuni AQShning Texas shtatida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida Charli Navarroga (29-9, 22 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang o‘n raunddan iborat bo‘ladi. Ushbu bellashuv g‘olibi WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da’vogarga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov so‘nggi bor oktabr oyida meksikalik Alexandro Barrerani (29-6, 18 KO) texnik nokautga uchratib, WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют