» » Floyd Meyvezer APL klubini sotib olishi mumkin. Sportchining o‘zi buni tasdiqladi

Floyd Meyvezer APL klubini sotib olishi mumkin. Sportchining o‘zi buni tasdiqladi


Professional boks bo‘yicha beshta vazn toifasidagi sobiq Jahon chempioni kichik Floyd Meyvezer Angliyaning “Nyukasl” futbol klubini sotib olish istagini bildirdi.

Meyvezer “Nyukasl” muxlislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi suhbat jarayonida klubni sotib olish imkoniyati haqida gapirdi.

“AQShda bu sport turini sokker deb ataymiz. “Nyukasl” ham ajoyib jamoa. Agar bu jamoani sotib olishimni istasangiz, menga bu haqda ayting”, — deydi Meyvezer.

Keyinroq bokschining vakillaridan biri Floyd klubni sotib olishga qiziqish bildirayotganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” klubi Maykl Eshliga tegishli bo‘lib, angliyalik milliarder uni 2017-yilning may—iyun oylarida sotib olgandi. Bu vaqt ichida jamoa birorta ham sovrin yutmadi (Chempionshipdagi g‘oliblikdan tashqari).

“Nyukasl” Angliya Premyer Ligasi 29-turidan so‘ng 35 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют