» » Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo'lmasligini bildirdi

Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo'lmasligini bildirdi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida yo‘lovchilarga murojaat yo‘lladi.

“Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko‘plab murojaatlar va so‘rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishmoqda.

Bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo‘lovchilar buni jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Biz aviakompaniyamizga bo‘lgan ishonchingizni juda yuqori baholaymiz, shuning uchun eng samarali yechimlarni topish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz. Sizning tushunishingiz, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Joriy o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi barcha ma‘lumotlarni uzairways.com sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari orqali kuzatish mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus sababli zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalarda soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirus avj olgani sababli 1-martdan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi. Bundan tashqari, Jidda va Madinaga bo‘lgan aviaqatnovlar hamda Afg‘oniston va Eron bilan ham aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgan. 14-martdan boshlab esa Uzbekistan Airways Fransiya, Italiya va Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani, chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarda qaytarilishi mumkinligi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют