» » Kosmonavtlarga ham qo‘l berib ko‘rishish va quchoqlashish taqiqlandi

Kosmonavtlarga ham qo‘l berib ko‘rishish va quchoqlashish taqiqlandi


9-aprel kuni Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiyaga yo‘l oladigan kosmonavtlarga koronavirus pandemiyasi vaqtida qo‘l berib ko‘rishish va quchoqlashish taqiqlandi. Bu haqda Kosmonavtlarni tayyorlash markazi epidemiolog shifokori Sergey Savinga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Xalqaro kosmik stansiyaga rossiyalik Anatoliy Ivanishin, Ivan Vagner hamda amerikalik Kristofer Kessidi yo‘l oladi.

“Bizda qo‘l berib ko‘rishish va quchoqlashish mutlaqo taqiqlandi. Har qanday ifloslanish holatida kosmonavtlar qo‘llarini yuvib, dezinfeksiyalamoqda. O‘zgalarning shaxsiy narsalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmayapti. Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan narsalar muntazam dezinfeksiyalanyapti”, — deydi Savin.

Ta’kidlanishicha, ushbu koronavirus infeksiyasiga qarshi aniq bir vaksina va boshqa o‘ziga xos profilaktik vositalar mavjud emasligi sabab kosmonavtlarning sog‘lig‘ini saqlash uchun ularning immunitetini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab dunyoda bo‘shab qolgan shaharlarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirus bilan kasallanganlar soni 785 ming kishidan oshdi. O‘zbekistonda esa kasallar soni 150 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют