» » Ozbekiston hukumati tomonidan 2019-yilda jalb qilingan qarz miqdori malum qilindi

Ozbekiston hukumati tomonidan 2019-yilda jalb qilingan qarz miqdori malum qilindi


Ozbekiston hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldigi 2019-yilda 17,6 milliard dollar yoki yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 30,5 foizni tashkiletdi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan elon qilingan Ozbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida malum qilingan.

Vazirlik axborotiga kora, 2019-yil davomida davlat tashqi qarzi 5,7 milliard dollarga yoki yil boshiga nisbatan 57,8 foizga oshib, 2020-yil 1-yanvar holati boyicha 15,6 milliard dollarga yoki YaIMga nisbatan 27,0 foizga yetgan.

Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz miqdori 10,7 milliard dollarni, hukumat kafolatlagan tashqi qarz miqdori esa 4,9 milliard dollarni tashkil qilgan.

Malum qilinishicha, davlatning ichki qarzi 19,02 trillion somni yoki 1,997 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 3,5 foizni tashkil etgan. Bunda hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz 1,3 trillion somga (131,5 million dollar), hukumat kafolatlagan ichki qarz 17,7 trillion somga (1,865 milliard dollar) teng bolgan.

Davlat qarzining songgi yillardagi osish dinamikasiga qaramay, xalqaro meyorlarga kora, Ozbekistonning davlat qarzi YaIMga nisbatan 30,5 foizni, shu jumladan, davlat tashqi qarzi YaIMga nisbatan 27 foizni tashkil etib, motadil darajada saqlanib qolmoqda, deyiladi vazirlik sharhida.

Ozbekiston hukumati nomidan jalb qilingan (10,7 milliard dollar) va uning kafolati ostida (4,9 milliard dollar) jalb qilingan tashqi qarzdorlik asosan talim, sogliqni saqlash, energetika, qishloq xojaligi, qurilish kabi ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega bolgan loyihalarni moliyalashtirishga yonaltirilgan. Mazkur bitimlar doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar Samarqand va Toshkent viloyatlari aholisining ichimlik suvi bilan bogliq muammolarini hal etishga, talim va ijtimoiy muhofazani rivojlantirish, qishloq joylarida tadbirkorlikni rivojlantirish kabi loyihalarni oz ichiga oladi.

Mazkur qarzdorliklar Davlat budjeti hisobidan hamda qisman qarzdor korxonalarning mablaglaridan qoplanadi.

Ozbekiston Davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 67,1 foizi AQSh dollari, 12,6 foizi yapon iyenasi, 9,7 foizi SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 6,6 foizi yevro, 4 foizi boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga togri keladi.

Mazkur qarz mablaglarining asosiy qismi mamlakatdagi davlat korxonalari tomonidan yuqori rentabellik va eksportga yonaltirilgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etilgan bolib, kreditlarning katta qismi uzoq muddat (30 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan, deyiladi sharhda.

2019-yilda davlat tashqi qarziga xizmat korsatish jami xarajatlari (davlat budjeti va davlat korxonalari mablaglaridan) 759,3 million dollarni tashkil etgan. Shundan asosiy qarz tolovlari uchun 425,1 million dollar, foiz tolovlari uchun 334,3 million dollar yonaltirilgan.

Mazkur davrda davlat budjeti mablaglari hisobidan amalga oshirilgan davlat tashqi qarziga xizmat korsatish xarajatlari 249,2 million dollarni tashkil etdi. Shundan asosiy qarz tolovlari uchun 165,4 million dollar, foiz tolovlari uchun 83,8 million dollar ajratilgan.

AvvalroqOzbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiyotni qollab-quvvatlash uchun 1,6 milliard dollar qarz olish boyicha kelishuvlarga erishgani haqida xabar berilgan edi. Ozbekiston Prezidentining 22-aprelda imzolangan qaroriga kora, pandemiya oqibatlarini kamaytirish uchun 2020-yilda 3,1 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-04-2020, 22:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -