» » Andijonda o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigan ota 3 sutkaga qamaldi

Andijonda o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigan ota 3 sutkaga qamaldi


Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi Abbos Soliyev (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘g‘li Ahror Soliyevga yashirincha shar’iy nikoh o‘qiganligi uchun uch sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyat Ma’muriy sudi raisi Otabek Mirzamahmudov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 4-may kuni fuqaro Ismigul Sultonova turmush o‘rtog‘i Ahror Soliyev bilan qonuniy nikohi bekor bo‘lmasa-da, turmush o‘rtog‘i boshqa fuqaro bilan sha’riy nikoh asosida turmush qurganini aytib, Buloqboshi tuman IIBga shikoyat qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida Abbos Soliyev 2020-yilning 3-may kuni diniy idoraning maxsus ruxsatnomasisiz Sayyora Farhodovaning yashash xonadonida o‘g‘li Ahror Soliyev va unga shar’iy nikoh o‘qib, diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Sud majlisida Abbos Soliyev 2014-yil sentabr oyida farzandi Ahror Soliyevni Ismigul Sultonovaga qonuniy nikoh asosida uylantirganligini, ular turmushi davomida bir nafar farzandli bo‘lganini, ammo o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sabab kelini otasining uyiga ketib qolganini, 2016-yil iyun oyidan buyon birga yashamasligini aytgan. U o‘g‘lining yolg‘iz yashab, tushkunlikka tushib qolayotganligini ko‘rib Rossiyaga ishlash uchun ketib qolmasligi uchun uylantirib qo‘yganini tan olgan.

Sud majlisida so‘z olgan ota farzandlarini nikohlatish maqsadida bir nechta domlalarga murojaat qilganini, lekin hech kim noqonuniy nikoh o‘qimasligini aytib, iltimosiga rozi bo‘lmaganini bildirgan. Shundan keyin o‘zi farzandiga kelinining uyida sha’riy nikoh o‘qishga majbur bo‘lganligini aytgan.

Mazkur ishni ko‘rib chiqqan sud Abbos Soliyevni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi 2-qismi (Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topib, unga uch sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham aynan Buloqboshi tumanida yashovchi ota o‘g‘li va keliniga shar’iy nikoh o‘qigani uchun yetti sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют