» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiyaga kuzatish tajribasidan voz kechildi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiyaga kuzatish tajribasidan voz kechildi


O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlari va davolanish kursini tugatgan bemorlar 14 kunlik reabilitatsiya kurslarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri uylariga kuzatila boshlangani haqida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev izoh berdi.

“O‘zi to‘liq davolanishdan keyin virus organizmdan batamom chiqib ketganidan so‘ng 14 kunlik reabilitatsiya amaliyoti faqat O‘zbekistonda ehtiyot chorasi sifatida qo‘llandi, xolos. Hatto dunyoning rivojlangan davlatlarida ham nafaqat bu amaliyot, balki koronavirusga chalinganlar ham faqat og‘ir holatlardagina shifoxonaga yotqiziladi, qolgan payt kerakli dori-darmonlar tavsiya qilinib, uyda davolanish buyuriladi.

O‘zbekistonda virusga chalingan har qanday bemor belgilangan muddatda jiddiy kuzatuv ostida to‘liq bepul davolanadi. Davolanish so‘ngida virus bo‘yicha tekshiruvlar manfiy natija berganidan keyin ham bu namunalar poytaxtimizdagi SEOMning maxsus virusologiya laboratoriyalarida qayta tahlildan o‘tkaziladi va faqat shundan keyingina uzil-kesil tashxis qo‘yiladi. Ana shunday takroriy chuqurlashtirilgan tekshiruvdan keyingina bemor tuzalgan hamda xavfsiz hisoblanadi”, — deb yozadi SSV matbuot xizmati rahbari.

Furqat Sanayevning qayd etishicha, ushbu bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlari ham ana shunday takroriy tekshiruv tahlillaridan o‘tadi.

“Endi reabilitatsiya amaliyoti to‘xtatilganiga kelsak, tajriba bu amaliyotga zarurat yo‘qligini ko‘rsatdi. Chunki reabilitatsiyaga virusdan batamom xalos bo‘lganlar jo‘natilardi va ular orasida kasallik qaytalanish holati ham kuzatilmadi. Shundan keyin bu tajribadan voz kechildi”, — deb izohiga yakun yasadi vazirlik matbuot xizmati rahbari.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganidan so‘ng reabilitatsiyaga kuzatilgan bemorlar uchun 2,8 million so‘mdan pul sarflanayotgan edi. 23-may holatiga ko‘ra, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan 2492 nafar bemor uchun 6 milliard 977 million so‘m sarflangani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar soni 5154 nafarga, kasallikdan davolanganlar soni esa 3996 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют