» » JSST koronavirusga qarshi bir nechta dori vositalarini sinovdan otkazishni toxtatdi

JSST koronavirusga qarshi bir nechta dori vositalarini sinovdan otkazishni toxtatdi


Jahon sogliqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasiga qarshi gidroksixloroxin, shuningdek, lopinavir va ritonavir dori vositalari kombinatsiyasini sinovdan otkazishni toxtatdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Bu boradagi tegishli tavsiyalar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash vositalarini ishlab chiqish bilan shugullanuvchi xalqaro boshqaruv qomitasi tomonidan berilgan.

Tadqiqotlar davomida mutaxassislar dori vositalarining SARS-CoV-2 virusi oqibatida yuzaga kelayotgan olim holatlariga qanday tasir korsatishini organgan. Dastlabki natijalarda gidroksixloroxin va lopinavir/ritonavirCOVID-19 bilan kasallangan bemorlarning olimini juda oz miqdorda kamaytirishga yordam berayotgani yoki umuman tasir koratmayotgani aniqlangan.

Gidroksixloroxin, shuningdek, lopinavir va ritonavir kombinatsiyasi Solidarity xalqaro klinik tadqiqotlar doiraida sinovdan otkaziladigan dori vositalari royxatiga kirilgan edi.

May oyining oxirlarida JSST gidroksixloroxinning xavfsizligidan xavotirlanib, uning sinovlarini toxtatgan edi. JSST rahbari Tedros Gebreyesus ushbu dori vositasini istemol qilganlarda olim darajasi ortganini malum qilgan. Iyun oyida tashkilot eksperti Anna Mariya Restrepo sinovlar toliq toxtatilishini bildirgan.

Gidroksixloroxin bezgakka qarshi dori vositasi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp COVID-19ga qarshi profilaktika sifatida ushbu preparatni ichayotganini malum qilgandi. Shundan song mamlakatda bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xlorin preparatlariga talab 46 baravaroshgan.Prezident preparatlarning koronavirusni davolashda tasirini bir necha bor ijobiybaholagan. Mutaxassislar esa COVID-19ni davolashda rasman tasdiqlanmagan ushbu preparatlar haqida bunday xulosaga kelishga hali erta ekanligini aytib, uning koplab salbiy tasirlari borligidan ogohlantirgan.

Songgi malumotlarga kora, virusga qarshi dori vositalarini testdan otkazish jarayonida faqatgina remdesivirCOVID-19ga qarshi umid uygotuvchi natjalarni korsatgani togrisida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-07-2020, 15:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
:
-
:
20 ... -