» » Samsung Galaxy Note20: Flagmanning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy Note20: Flagmanning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi


Muntazam Samsung haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishib keluvchi asosiy insayderlardan biri stilusga ega yangi Galaxy Note20 Ultra’ning suratlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

To‘liq ishlaydigan ushbu nusxa suratlaridan ko‘rish mumkinki, model dizayniga kiritilgan muhim o‘zgarish — asosiy kameralar modulining kattalashgani. U korpusdan sezilarli darajada bo‘rtib chiqib turibdi. Korpus chetlarining o‘zi esa ancha yumaloqlashgan, displey yon kamera va orqa qopqoqqa o‘tkir burchaklarsiz birlashib ketgan. Displey atrofidagi hoshiyalar ingichkalashgan, frontal kamera ostida teshik esa biroz kichraygan.

Insayder Jimmy is Promo’ning ta’kidlashicha, birinchi bor Galaxy Note lineykasida stilus chap tarafga joylashtirilgan. Uning yonidan dinamik, naushniklar uchun 3,5 millimetrli “razyom” o‘rin olgan.

Note20 taqdimoti avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Stilusga ega yangi flagmandan tashqari, 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi buklanuvchan Galaxy Z Flip modelini, Galaxy Fold 2 smartfon-planshetini taqdim etishi kerak.

Avvalroq Samsung tasodifan Galaxy Note20 Ultra flagmanining dizaynini oshkor qilib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют