» » O‘zbekistonda 2020-yilda sirtqi oliy ta’lim to‘liq masofaviy shaklga o‘tadi

O‘zbekistonda 2020-yilda sirtqi oliy ta’lim to‘liq masofaviy shaklga o‘tadi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020-yildan boshlab sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov AOKAda 9-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Inomjon Majidovning aytishicha, ayni paytda davom etayotgan abituriyentlarning hujjat topshirish, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari o‘zgarmaydi. Hujjatlarni qabul qilish belgilangan muddatlargacha davom etadi.

Vazirning qayd etishicha, sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kechki ta’lim shakli bo‘yicha ishlar rejalashtirilgan, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, kechki ta’lim 50 foiz masofaviy shaklga o‘tadi.

“Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi”, — dedi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinmoqda. Hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi. Test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda bir kunda ikki yoki uch smenada o‘tkaziladi,

OTMlarga kirish imtihonlarini 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilayotgandi. Biroq O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi.

Avvalroq Davlat test markazi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют