» » Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirusni “oyoqda o‘tkazganini” ma’lum qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirusni “oyoqda o‘tkazganini” ma’lum qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko COVID-19 bilan kasallangani va uni “oyoqda o‘tkazganini” ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Aleksandr Lukashenko koronavirus bilan og‘riganini Belarus Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari qismlaridan biriga tashrifi vaqtida ma’lum qilgan.

“Siz bugun koronavirusni oyoqda yurib o‘tkazgan odam bilan uchrashyapsiz. Shifokorlar kecha shunday xulosa berdi. Belgilarsiz”, — deya ma’lum qilgan Belarus prezidenti.

“RIA Novosti”ning yozishicha, Lukashenko aynan qachon koronavirus bilan og‘riganiga aniqlik kiritmagan. Agentlikning qayd etishicha, prezidentning kasallangani haqida bahorda xabarlar paydo bo‘lgan, biroq o‘shanda Belarus hukumati bu xabarlarni inkor qilgan.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Belarusda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Lukashenko koronavirusni chalg‘io‘roq yordamida davolash mumkinligini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют