» » Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Toshkentda davolanmoqda

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Toshkentda davolanmoqda


Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov 27-iyulidan buyon Toshkent shahrida davolanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qobul Tursunov o‘tgan 4 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda.

“Navoiy viloyati hokimi to‘liq davolanib, yaqin kunlarda ish faoliyatini davom ettiradi”, — deyiladi ma’lumotda.

Shu bilan birga, xabarda Navoiy viloyati hokimi aynan qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, Buxoro viloyatining sobiq hokimi, hozirda bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalinib davolanayotgani, shuningdek, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda ham koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi. Yerniyazov Nukusda, Bobolov esa Toshkentda davolanayotgani va ularning ahvoli barqaror ekanligi ham ma’lum qilingan. 30-iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют