» » Namanganda bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlarga jinoyat ishi ochildi

Namanganda bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlarga jinoyat ishi ochildi


Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 millon so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Namangan viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi IK texnik nazoratchi N.M. “N.B.” MChJ rahbari M.I. bilan o‘zaro til biriktirib, tumandagi 41-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlari haqidagi hujjatlarga amalda bajarilmagan 173,2 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan N.M. va M.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi 3-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют