O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni karantin kuchaytirilgungacha bo‘lgan ko‘rsatkichga tushdi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35109 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
15-avgust soat 23:30 dan 16-avgust soat 17:00 gacha 408 kishida koronavirus qayd etildi. Yangi holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
Shuningdek, kun davomida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 621 nafari sog‘aydi.
Jumladan:
Farg‘ona viloyatida — 3 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 30664 nafar (87 foiz)ga yetdi.
Hozirda 4215 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Eslatib o‘tamiz, 10-iyuldan O‘zbekistonning barcha hududlari “qizil” hududga tenglashtirilib, karantin cheklovlari kuchaytirilgandi. 9-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra esa koronavirusdan davolanayotganlar soni 4226 nafarni tashkil etgandi. Bu davolanishdagi bemorlar soni karantin cheklovlari kuchaytirilishidan avvalgi ko‘rsatkichga tushganini anglatadi.
Ammo 10-iyuldan hozirgacha, SSV hisobi bo‘yicha, COVID-19 asoratlari oqibatida 179 kishi vafot etdi. Koronavirusning O‘zbekistondagi barcha qurbonlari SSV hisob-kitobiga ko‘ra 230 nafarga, “Daryo” hisobi bo‘yicha esa 239 kishiga yetdi.
Manba: Daryo.uz