» » Ulug‘bek Baqoyev: “Futbolda hamma xato qiladi”

Ulug‘bek Baqoyev: “Futbolda hamma xato qiladi”


“So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Bunyodkor”ga qarshi kechgan o‘yindan (3:3) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bu o‘yin g‘alati o‘tdi, gol urdik, tezda o‘tkazib yubordik, gol urdik, tezda ikkita gol o‘tkazdik. Ammo bu futbol, nima ham qilardik. Muxlislarga o‘yin yoqqan bo‘lsa kerak. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Futbolda hamma xato qiladi. Xatolarni ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz.

Tez o‘tkazib yuborganimizga balki ruhiy holat yoki stress sababdir. O‘tgan ikkita o‘yinda yutqazgandik, bu bahsda ham yigitlar balki shundan qo‘rqqandir.

O‘yin paytida darvozabonga ko‘p baqirdim? Unga to‘pni Norxonovga uzatishini tayinladim, ruschani u qadar yaxshi bilmagani uchun bir necha bor takrorladim.

Klubdan ketishim mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar? Har birimizning oilamiz bor to‘g‘rimi, undagi gapni tashqariga chiqarmaymiz. “So‘g‘diyona” ham oila va uning ichidagi gaplarni tashqariga chiqishni istamayman.

Jasur Hasanov haqida nima deya olaman? Yosh futbolchilardan undan o‘rnak olishlarini tilayman. Uning harakatlaridan xursandman.

Ulug‘bek Baqoyev, “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi

“So‘g‘diyona” 11-turdan keyin 12 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Jamoa 12-turda “Surxon” bilan uchrashadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют