» » Superliga. “Metallurg” so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib g‘alabani ilib ketdi, “Navbahor” OKMKning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ya olmadi

Superliga. “Metallurg” so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib g‘alabani ilib ketdi, “Navbahor” OKMKning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ya olmadi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 12-turida OKMK 25-avgust, seshanba kuni “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Aziz Turg‘unboyev jarima maydoni tashqarisida to‘pni to‘xtatdi va uni darvozabon ustidan oshirib, chiroyli golga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limni olmaliqliklar faol boshladi va “Navbahor” darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar sodir etdi. Ayniqsa so‘nggi daqiqalar Mirjalol Qosimov shogirdlarining kuchli bosimni ostida o‘tdi.

Ketma-ket hujumlar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda o‘z samarasini berdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Yovan Jokich to‘xtatib olib, zarba berdi va to‘p Igor Golbanga tegib darvozadan joy oldi.

Shu tariqa OKMK joriy mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi va 28 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. “Navbahor” (19) 6-pog‘onada bormoqda.

Parallel kechgan o‘yinda “Surxon” va “Metallurg” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Aleksandr Kasyan termizliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq bekobodliklar o‘yin yakunlanishi arafasida ikkita to‘p kiritgan holda g‘alabani ilib ketdi. Ixtiyor Toshpo‘latov dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Metallurg” ochkolarini 19 yetkazib oldi va 7-o‘rinda bormoqda. “Surxon” (8) 12-pog‘onaga tushib ketdi.

Coca-Cola Superliga

12-tur bahslari

25-avgust, seshanba

Gollar: 0:1 – 22 Turg‘unboyev, 1:1 – 90+2 Jokich.

OKMK: Suhrob Sultonov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov (Mate Vatsadze, 74), Bobur Yo‘ldoshev, Murod Toshmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Dilshod Jo‘rayev, 46), Sanjar Tursunov, Arslonmurat Amanov (Bahrom Abdurahimov, 46), Shahzod Nurmatov, Elguja Grigalashvili (Hojimat Erkinov, 74).

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov, Azim Ahmedov, Aziz Turg‘unboyev, Sardar Telyakov (Husayn Ergashboyev, 61), Igor Golban, Shohruh Mahmudxojiyev (Ivan Solovyov, 54), Xurshid Muxtorov, Tohirjon Shamsuddinov, Pavel Golishev, Ruslan Bolov.

Ogohlantirish: Jokich (67).

Gollar: 1:0 – 40 Kasyan, 1:1 – 89 Toshpo‘latov, 1:2 – 90+3 Toshpo‘latov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют