» » Belarus Kubogi. “Shaxtyor Soligorsk” yirik hisobda g‘alaba qozondi, Jasur Yaxshiboyevdan dubl

Belarus Kubogi. “Shaxtyor Soligorsk” yirik hisobda g‘alaba qozondi, Jasur Yaxshiboyevdan dubl


Futbol bo‘yicha Belarus Kubogining 1/16 finalida Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi 30-avgust, yakshanba kuni “Gomel” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida mehmonlar Artyom Arxipovning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Darko Bodul soligorskliklarning ikkinchi golini urdi. Bunga maydon egalari bitta gol bilan javob qaytardi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida maydonga tushgan Jasur Yaxshiboyev hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda ikkita to‘p kiritgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa “Shaxtyor” Belarus Kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Belarus Kubogi

1/16 final bahsi

30-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 11 Arxipov, 0:2 – 55 Bodul, 1:2 – 81 Yudenkov, 1:3 – 90+1 Yaxshiboyev, 1:4 – 90+2 Yaxshiboyev.

“Gomel”: Kovalev, Kaplunov, Yudenkov, Bondarenko, Ivanov (Jestkin, 55), Batishev, Zayats (Chikida, 81), Tereshenko, Vaskov (Susha, 80), Gomza (Seslyukevich, 71), Xotov (Teslyuk, 58).

“Shaxtyor”: Chesnovskiy, Burko (Begunov, 60), Bodul (Yaxshiboyev, 57), Lukashevich, Balanovich (Bulichev, 67), Sotnikov, Lambulich, Szoke, Ivanovich (Podstrelov, 85), Arxipov, Kendish (Selyava, 82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют