» » Farg‘onada yuk mashina haydovchisi 6 yoshli qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada yuk mashina haydovchisi 6 yoshli qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi


Farg‘onada 6 yoshli qiz yuk mashinasi urib yuborish oqibatida vafot etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 9-sentabr kuni soat 13:25 larda, Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Yuksalish MFY, Islomobod ko‘chasida joylashgan 163-uy oldida yuz bergan. 28 yoshli haydovchi N.Q. “Gaz-53” yuk mashinasini boshqarib ketayotib yo‘lning qatnov qismiga yugurib chiqqan voyaga yetmagan 6 yoshli qiz M.O.ni urib yuborgan.

Oqibatda qiz tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

YTH yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda sakkiz oyda oqibati o‘lim bilan tugagan salkam 1000 ta YTH yuz bergani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 03:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют