» » Foto: Beshta yirik yo‘ltanlamas

Foto: Beshta yirik yo‘ltanlamas


O‘zining qulayligi va salobatliligi bilan ulkan yo‘ltanlamaslar avtomobil ishqibozlarining eng sevimli mashinalari qatorida turadi. “Proavto” beshta yirik yo‘ltanlamasdan iborat jamlanmani taqdim etdi.

Qayta restaylingdan o‘tgan avtomobilning yukxonasi 700 litr hajmga ega.

Lincoln Navigator L 3,5 litr sig‘imli 384 ot kuchiga ega ikki turbinali V6 dvigateli hamda olti darajali avtomatik tezlik uzatish qutisi bilan jihozlangan.

Sequoia Toyota’ning yirik yo‘ltanlamaslaridan biri hisoblanadi. Mashina 5,7 litr sig‘imli 386 ot kuchiga ega V8 VVT-I dvigateli bilan jihozlangan. Avtomatik tezlik uzatish qutisi olti pog‘onali.

Nissan tomonidan 2004-yildan buyon ishlab chiqarilayotgan Nissan Armada yo‘ltanlamasi Nissan F-Alpha asosida yig‘ilgan. 2016-yil fevral oyida Nissan Patrol Y62 asosida yaratilgan yangi Nissan Armada taqdim etildi.

O‘zgartirishlar hisobiga Armada Nissan’ning eng yirik yo‘ltanlamasiga aylandi. Avtomobil 5,6 litr sig‘imli 405 ot kuchiga ega V8 dvigateli bilan jihozlangan. Avtomatik tezlik uzatish qutisi yetti darajali.

Yo‘ltanlamasning kuzovi uzunligi 5,7 metr, eni ikki metrni tashkil qiladi.

GMC Yukon XL 6,2 litr sig‘imli 409 ot kuchiga ega V8 dvigatel bilan jihozlangan. Tezlik uzatish qutisi — olti bosqichli avtomatik. 6,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, eng yuqori tezligi 180 km/soat.

Buyurtma asosida ishlab chiqiladigan Dartz Prombron’ning vazni uch tonnani tashkil qilib, 300 km/soat tezlikda harakatlana oladi. 6,0 sig‘mli dvigateli 560 ot kuchiga ega. 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 5,2 soniya talab qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют