» » AP: AQShning ikki harbiysi Afg‘onistonda IShID boshlig‘ini yo‘q qilish vaqtida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin

AP: AQShning ikki harbiysi Afg‘onistonda IShID boshlig‘ini yo‘q qilish vaqtida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin


Amerikaning ikki nafar harbiysi Afg‘onistonda IShID terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abdul Xasibni yo‘q qilish vaqtida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AP Pentagondagi manbaga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Agentlik AQSh Mudofaa vazirligi aprel oxiri — Xasib yo‘q qilingan vaqtda ikki nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani haqida ma’lum qilganini eslatib o‘tdi. Manbaning ta’kidlashicha, ular ittifoq kuchlari tomonidan otishma vaqtida, uch soatlik operatsiyaning birinchi daqiqalarida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Pentagon matbuot xizmati Xasibning yo‘q qilingani haqidagi xabarni tasdiqlagan edi.

Abdul Xasib o‘tgan yili ekstremistlarning sobiq boshlig‘i Hafiz Saidxon Amerikaga tegishli uchuvchisiz uchish qurilmasi yordamida yo‘q qilingach, IShIDning Afg‘onistondagi bo‘limiga boshchilik qila boshlagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют