» » Andijonda Matiz’lardan Samsung’larni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda Matiz’lardan Samsung’larni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi


Andijon viloyati IIBning xabar berishicha, joriy yilning 6-avgust kuni soat 09:30 da Andijon shahar Bo‘taqora yo‘li ko‘chasida 1998-yilda tug‘ilgan X.A.ga tegishli Matiz rusumli avtomashina ochiq holda qoldirib ketilgan vaqtda noma’lum shaxs avtomobildan narxi 1 500 000 so‘m bo‘lgan Samsung Galaxy A5 rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida noma’lum shaxslar aniqlanib, qo‘lga olingan. Ular Andijon shahrida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan K.D. va Jalaquduq shahrida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan X.S. bo‘lib chiqdi.

Shuningdek, ular aynan 6-avgust kuni soat 10:30 da Oltinko‘l tumani Ko‘makay QFYda yashovchi M.M.ning Matiz rusumli avtomashinasidan Samsung Galaxy J5 hamda Oltinko‘l tumani Maslahat MFYda yashovchi E.A.ning ham Matiz rusumli avtomobilidan Samsung Galaxy A1 rusumli uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketgan.

Ulardan ashyoviy dalil sifatida 3 dona uyali telefon apparati olingan. Tergovga qadar tekshiruvni Andijon shahar IIB olib bormoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют