» » O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Chirchiq shahriga ko‘chiriladi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Chirchiq shahriga ko‘chiriladi


2017-yilning 10-avgust kuni “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori imzolandi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uyga va Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Chirchiq 50 yillik ko‘chasi, 14-uy manziliga joylashtiriladi.

Chirchiq shahar V.Haydarov ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bino va inshootlari hamda istirohat bog‘i O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga beriladi.

Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etilishiga rozilik berildi.

Qarorning to‘liq matni bilan Prezidentning rasmiy saytida tanishish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-08-2017, 18:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют