» » Qarshi — Termiz temir yo‘lining yarmidan ko‘pi to‘liq elektrlashtirildi

Qarshi — Termiz temir yo‘lining yarmidan ko‘pi to‘liq elektrlashtirildi


Ayni paytda Qarshi – Termiz yo‘nalishida elektrlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Loyihaning qiymati 481,759 million AQSh dollarini tashkil etadi. Qarshi – Termiz temir yo‘l yo‘nalishining umumiy uzunligi 325 kilometr bo‘lib, Darbandgacha 183 kilometrli yo‘l to‘liq elektrlashtirildi va elektrovozlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Buning uchun 10 000 ga yaqin tutashtiruv-tayanch ustunlari uchun maxsus chuqurlar qazilib, 8000 ga yaqin poydevor, 7520 dan ziyod temir-beton va metall tayanchlar, 4200 dan ortiq konsollar o‘rnatildi. Ushlab turuvchi tross hamda kontakt simlari tortildi. Xullas, mavjud temir yo‘lda endi bemalol zamonaviy elektrovozlar harakatlanishi mumkin. Hozirda “Darband – Termiz” uchastkasida ham qurilish-montaj ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Qarshi – Termiz temir yo‘lining elektrlashtirish ishlarida so‘nggi zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda. Jumladan, Fransiyadan keltirilgan 3 ta drezina mazkur liniyaga jalb qilingan, shuningdek, 3 ta maxsus ishchi poyezd belgilangan ishlarni tezroq, sifatli bajarishda muhim omil bo‘lmoqda. Kerakli barcha ehtiyot qismlari o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Ishchi-xizmatchilarning ovqatlanishi va dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Loyihaga ko‘ra, Boysun tayanch nim stansiyasi ishga tushirildi, shuningdek, Dehqonobod, Oqrabot va Toshguzarda ham elektr tortish stansiyalari shay holatda. E’tiborlisi, qurilayotgan obyektlarda zamonaviy avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi, elektr energiyasi sarfini hisob-kitob qilishni avtomatlashtirish tizimini (ASKUE) qo‘llash rejalashtirilgan.

Elektrlashtirish loyihalari asosida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda elektr tortish stansiyalarining tashqi elektr ta’minoti bo‘yicha qurilish-montaj ishlari ham olib borilmoqda. Kontakt tarmog‘ini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar, asosan, mahalliylashtirish asosida O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, qurilish xarajatlarini kamaytirib, yangi ish joylarini yaratishga imkon beryapti.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют